Qoʼshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olgan ilk bitiruvchilarga diplom topshirildi

...

Qoʼshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olgan ilk bitiruvchilarga diplom topshirildi

Belarus Davlat Texnologiya Universiteti bilan hamkorlikdagi (2+2) qoʼshma taʼlim dasturi asosida bakalavni tamomlagan talabalarga diplom topshirildi. Mazkur universitet bilan hamkorlikda (2+2) qoʼshma taʼlim dasturlari asosida Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sektorlar bo'yicha) Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha) hamda ushbu yo'nalishlarni sirtqi shaklida mutaxassislar tayyorlash boʼyicha hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. 2019/2020 oʼquv yilida bakalavnga ilk bor qabul qilingan talabalar oʼqishning 1 va 2-bosqichini Toshkent shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida muvaffaqiyatli tamomladi. 3 va 4-bosqichini Belarus Davlat Texnologiya Universitetida davom ettirib, oʼtilgan barcha fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirgan talabalar muvaffaqiyatli yakun qildi. Bitiruvchilarni tabriklaymiz