Qoʼshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olgan ilk magistrlarga diplom topshirildi

...

Qoʼshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olgan ilk magistrlarga diplom topshirildi

Rossiya Federatsiyasi Milliy tadqiqotlar yadro universiteti bilan hamkorlikdagi (1+1) qoʼshma taʼlim dasturi asosida magistraturani tamomlagan talabalarga diplom topshirildi. Mazkur universitet bilan hamkorlikda (1+1) qoʼshma taʼlim dasturlari asosida Elektronika va elektron texnikasi, Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish hamda Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari yoʼnalishlarida mutaxassislar tayyorlash boʼyicha hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. 2019/2020 oʼquv yilida magistraturaga ilk bor qabul qilingan talabalar oʼqishning 1-bosqichini Moskva shahrida joylashgan Milliy tadqiqotlar yadro universitetida muvaffaqiyatli tamomlab keldi. 2-bosqichini Toshkent davlat texnika universitetida davom ettirib, oʼtilgan barcha fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirgan talabalar magistrlik dissertatsiyalarini ikki davlat olimlaridan iborat attestatsiya komissiyasi huzurida muvaffaqiyatli himoya qildi. Bitiruvchilarni tabriklaymiz